Bezosning eng yaqin hamkori Amazon’dan ketishga qaror qildi
Amazon kompaniyasida yigirma yildan ortiqroq ishlagan Jyeff Uilki kompaniyada ikkinchi shaxs hisoblangan.
Jyeff Bezosning eng yaqin hamkorlaridan biri, Amazon kompaniyasida iste'molchilar biznesini boshqarishga mas'ul Jyeff Uilki kompaniyani tark etishga qaror qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Uilki 2021 yilning birinchi choragida iste'foga chiqadi, uning o‘rnini kompaniya katta vitse prezidenti Deyv Klark egallaydi.
Reuters agentligining yozishicha, ilgari Jyeff Bezosdan keyin kompaniyani aynan Uilki boshqarishi taxmin qilingan. O‘z navbatida, Business Insider Amazon kompaniyasida yigirma yildan ortiqroq ishlagan Uilki kompaniyada ikkinchi shaxs hisoblangani va faqat Bezosga hisobot topshirganini yozmoqda.
«Men yangi ish topganim yo‘q va Amazon bilan har doimgidek faxrlanaman va xursandman. Unda nega ketyapman? Shunchaki vaqti keldi», — deb yozgan u Amazon xodimlariga elektron pochta orqali yo‘llagan maktubida.
Bezos esa Uilkini o‘z ustozi deb atadi va birgalikdagi mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
22:52 / 11.11.2024
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
14:05 / 24.08.2024