Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov vafot etdi
Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bu haqdagi ma'lumotni Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev ham tasdiqladi.
Karim Kamolovda 25 iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida davolanishni boshlagandi. 29 iyul kuni esa Kamolov davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazilgandi.
Keyinchalik Sog‘liqni saqlash vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi hudud rahbari Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Karim Kamolov Toshkentdagi klinikada davolanayotganini xabar bergandi.
Karim Kamolov 1955 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida «O‘zagroqurilish» birlashmasi, «O‘zjamoaqurilish» birlashmasida ishlagan.
U 1994-2007 yillarda Buxoro viloyati Buxoro shahar hokimi bo‘lgan. 2007-2017 yillarda «20-trest» mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi sifatida ishlagan.
K. Kamolov 2017 yil Buxoro viloyati Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlangan. 2020 yil fevral oyi oxirida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi sifatida ish boshlagandi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026