Özbekiston boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Öktam Barnoyevga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan va u ayni vaqtda şifoxonada davolanmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Uluğbek Sobirov, Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zolari iştirokida AOKAda koronavirus infeksiyasi bilan boğliq vaziyat yuzasidan taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
«Tasdiqlay olamiz. Hozir bemor koronavirus bilan kasallangan», degan Respublika ixtisoslaştirilgan Endokrionologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov.
Hozirça u qaçon va qaysi şifoxonaga yotqizilgani, uning hozirgi ahvoli haqida batafsil ma'lumot yöq.
Tadbirda şuningdek, Koronavirusga qarşi ştab a'zosi Habibulla Oqilov tomonidan Buxoro viloyatining hozirgi hokimi Karim Kamolov ham koronavirusdan davolanayotgani ma'lum qilingan.
«Hozirgi kunda Qoraqalpoğistonda Musa Tajyetdinoviç, şuningdek, Surxondaryo va Buxoro hokimlari davolanişda», degan u.
Kamalovning holati haqida ham hozirça qöşimça ma'lumot berilmadi.
Eslatib ötamiz, şu vaqtgaça Özbekistonning ikki hududi rahbarlari - Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov koronavirusga çalinib, şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar qilingandi. Töra Bobolovning soğligi tiklanmoqda, Musa Yerniyazov esa oğir ahvolda va u öpkaning sun'iy ventilyatsiya apparatiga ulangan.
- 2016 yil fevralidan buyon Buxoro viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Öktam Barnoyev 2020 yilning fevralida boş vazirga örinbosar bölgandi. Uning örniga 2017 yildan buyon Buxoro şahri hokimi sifatida işlab kelgan Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.














