Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Karim Kamolovning koronavirusga çalinib, ayni paytda Toşkentdagi şifoxonada muolaja olayotganligi xabar berilgandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, uşbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda turli munozaralarga sabab bölmoqda. Nega Karim Kamolov viloyatda emas, poytaxt şifoxonasida davolanyapti, bu holat viloyatdagi şifokor-mutaxassislarga işonçsizlik emasmi, mazmunidagi savollar örtaga taşlanmoqda.

Viloyat hokimligi soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Ilhom Narziyevning ma'lum qilişiça, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Karim Kamolovda joriy yilning 25 iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Şu kundan boşlab viloyat rahbari Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida muolaja olişni boşlagan. 

“Agar Karim Kamolov mahalliy şifokorlar va şifoxonalarga işonçi bölmaganida öşa zahotiyoq poytaxtga borgan bölardi!
 
Amaldagi qonunçilikka köra viloyat hokimlari hukumat qoşidagi Tibbiyot boş boşqarmasi röyxatida turib, zarur holatlarda tibbiy diagnostika qiliş, davolaş, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qiliş mazkur boşqarma zimmasida. Şunga muvofiq, uşbu Tibbiyot boş boşqarmasining talabiga köra Karim Kamolov 29 iyul kuni davolaş muolajalarini davom ettiriş uçun Toşkent şahridagi klinikaga köçirib ötkazildi. 

Viloyat hokimi ötgan 3 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyalariga muvofiq işlab çiqilgan standartlar asosida davolaş kurslarini ötamoqda. Hozirda Karim Kamolovning ahvoli yaxşi. U yaqin kunlarda töliq tuzalib, öz faoliyatini davom ettiradi”, - deyiladi viloyat hokimligi izohida.  

Avvalroq, Navoiy viloyati hokimi ham Toşkentda davolanayotgani ma'lum qilingandi.