O‘zbekiston | 17:13 / 24.08.2020
38035
1 daqiqa o‘qiladi

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz’ga Toshkent shahri hokimligidagi manba tasdiqladi.

Shuningdek, tumanning boshqa sektorlari rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimlarini tark etgan.

Ma'lum bo‘lishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Bektemir tumaniga tashrifi vaqtida tuman hokimining faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. 

Shohrux Mamajonov / Bektemir tumani hokimligi

Shohrux Mamajonov Bektemir tumaniga 2018 yil iyuldan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Bundan avvalroq 2018 yil iyul oyidan buyon Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Hojiakbar Tillashayxov ham o‘z vazifasidan chetlashtirilgani xabar qilingandi.

Avgust oyi boshida Toshkent shahrining yana bir tumani — Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgandi.

Yaqin vaqtlar ichida, Bektemir, Yashnobod va Sergeli tumanlariga yangi rahbarlar tayinlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid