Hojiakbar Tillaşayxov 2018 yil iyuldan buyon uşbu lavozimida işlab kelayotgan edi.

Eslatib ötamiz, avgust oyi boşida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Şamuratov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Keyinroq Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev şahardagi 5ta tuman hokimiga, şu jumladan Hojiakbar Tillaşayxovga «pandemiya davrida aholi tomonidan köplab e'tirozlar bildirayotgani hamda belgilab berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaşda sustkaşlikka yöl qöygani» uçun «hayfsan» bergandi. 

Tez orada Yaşnobod va Sergeli tumanlariga yangi rahbarlar tayinlanişi kutilmoqda.