Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunga itoatkor tadbirkorlarga bojxona imtiyozlari taqdim etiladi
Bugun, 25 avgust kuni, AOKAda Bojxona qo‘mitasi ishtirokida «Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash, kontrabanda predmetlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘nalishida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov qonunlarga itoatkor tadbirkorlarga bojxona imtiyozlari berilishi haqida ma'lum qildi.
«Davlat bojxona qo‘mitasida qonun buzilishlari holatlarining oldini olish yo‘nalishida qonunga itoat qiluvchi tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni rag‘batlantirish maqsadida xalqaro tajribalarda keng qo‘llanayotgan vakolatli operatorlar instituti 2019 yilda Bojxona qo‘mitasi tizimida joriy qilindi.
Hozirda 28ta tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari shunday tadbirkorlar reyestriga kiritilgan. Tadbirkorlarni reyestrga qo‘shish jarayonida ularning qonunga itoatkorlik va halollik darajasiga baho beriladi. Soliqlarni vaqtida to‘lashlari, bojxona to‘lovlaridan qarzdorlik yuzaga kelmasligi, ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilmagani ko‘rib chiqilib, reyestrga qo‘shiladi.
Reyestrga kirgan tadbirkorlar bojxona organlaridan tovarlarni bojxona omborlariga emas, o‘zlarining omborxonasiga joylashtirish, tovarlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash, ya'ni kafolat to‘lovlari hujjatlarini taqdim qilmagan holda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash huquqi beriladi.
Hozirda 28ta tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ushbu huquqdan foydalanmoqda. Shu paytgacha faqat import va eksportni amalga oshiruvchi tadbirkorlar ushbu vakolatlarga ega edi. Qonunchilikni takomillashtirish natijasida yuk tashishni amalga oshiruvchi tabirkorlik sub'yektlari, bojxona brokerlari, bojxona ombori vakillari ham vakolatli iqtisodiy operator bo‘lishi mumkin», deya xabar berdi Olimjonov.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025