Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda harbiylar uchun 2ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi
27 avgust kuni Nukus shahrida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun qurilgan 2 ta ko‘p qavatli turar-joy binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Kun.uz'ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi xonadon kalitlarini topshirish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Jyengisbay Yembergenov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Farhodjon Shermatov, Nukus garnizoni harbiy prokuraturasi rahbariyati, harbiy xizmatchilar oilalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Nukus garnizonidagi «Vatanparvar» mahallasida bunyod etilgan ikkita 5 qavatli turar-joylar 30 xonadondan iborat.
Ma'lum qilinishicha, oxirgi 3 yilda birgina Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida 8ta uy qurilgan.
Ayni kunlarda Nukusda Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi binosini qurish, Nukus poligoni infratuzilmasini takomillashtirish borasida ishlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025