Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsementning birjadagi narxi pasaymoqda
O‘tgan haftada O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sement narxlari pasayishi kuzatildi.
Xususan, joriy yilning 17 avgustdan 23 avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra barcha markali sementning o‘rtacha narxlarida har kuni bir maromda pasayish kuzatilib, hafta davomida birja savdolariga 215 025,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 210 751,0 tonnasi, ya'ni 98,0% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 42,1 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 789,4 ming so‘mdan 736,6 ming so‘mgacha, ya'ni 6,7% ga pasaydi. E'tiborlisi, kuni kecha o‘tkazilgan birja savdolarida esa sement narxi 679,4 ming so‘mgacha tushdi. Birja savdolariga har kuni o‘rtacha 43,2 ming tonna sement mahsulotlari qo‘yilgan hamda birjadagi narxlar faqatgina haqiqiy bozor tamoyillari asosida talab va taklifga ko‘ra shakllangan. So‘nggi ikki hafta mobaynida o‘tkazilgan birja savdolari sement bozorida talab va taklif mutanosibligi ta'minlanganligini ko‘rsatmoqda. Xususan, 17 avgustdan 27 avgustgacha bo‘lgan davrda sementning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 789,4 ming so‘mdan 679,4 ming so‘mgacha, ya'ni 14 foizga tushgan.

Savdo ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, sement narxlarining pasayishiga birja savdolariga sotuvchilar tomonidan qo‘yilayotgan sement hajmlarining o‘sishi hamda sement importi tartibini soddalashtirilganligi o‘z ko‘magini bergan. Bundan tashqari, o‘tgan oylarda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas'ulligida Jizzax viloyatida yillik quvvati 1,2 mln tonna bo‘lgan "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ QK, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida “Quvasoysement” AJga qarashli 1 mln tonna quvvatga ega tegirmonning foydalanishga topshirilganligi birjadagi sement narxining pasayishiga yordam berdi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning IV-choragida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida “Ohangaronsement” AJda yillik quvvati 2,4 mln tonna bo‘lgan yangi sement zavodi ishga tushuriladi. Natijada mamlakatimizda sement ishlab chiqarish hajmi oshiriladi, mahalliy qurilish materiallari bozori sifatli mahsulot bilan ta'minlanadi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
17:41 / 20.05.2021
Tsement ishlab chiqarish hajmi 27 foizga oshdi
22:54 / 15.04.2020
Tsement ishlab chiqarish korxonalari ustidan ekologik nazorat kuchaytiriladi - Hukumat qarori
16:43 / 08.05.2018
Ichki bozorni sement bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi
09:17 / 05.12.2017