Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, Özbekistonda joriy yilning dastlabki 4 oyi davomida sement işlab çiqariş hajmi 26,9 foizga oşgan.
Şuningdek, 2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida, ötgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda kömir qazib oliş 229,3 ming tonnaga (18,9 foizga), neft işlab çiqariş 2,4 ming tonnaga (1 foizga), tabiiy gaz işlab çiqariş hajmi esa 584,2 million kub metrga (3,3 foizga) köpaygan.
Şu bilan bir qatorda, avtobuslar işlab çiqarişda 37,5 foiz, avtomobil dvigatellari işlab çiqariş sanoatida 41,8 foiz, qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqariş sanoatida 62,1 foizlik pasayiş kuzatilgan.
Bundan taşqari dizel yonilğisi işlab çiqariş 164,7 ming tonnaga, gaz kondensati işlab çiqariş esa 39,6 ming tonnaga kamaygan.
Ma'lumot uçun, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida respublikada 124,3 trillion sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan sanoat işlab çiqariş hajmi 6,6 foizga oşgan.











