Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina prezidenti Messiga murojaat qildi
Argentina prezidenti Alberto Fernandes «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga murojaat bilan chiqdi.
Foto: Getty Images
«Siz har birimizning qalbimizdasiz. Biroq sizni o‘z vataningizda to‘p surishingizni ko‘rish baxtidan tobora uzoqlashayotgandekmiz. Bizga o‘yiningizdan rohatlanish baxtini taqdim eting va «Nyuells Old Boyz» klubimizga o‘ting. Bu sizning klubingizdir», — deya mamlakat rahbarining so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»ni tark etish haqidagi qarorini klub rahbariyatiga ma'lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, argentinalik 33 yoshli futbolchiga «Manchester Siti» klubi asosiy da'vogar sanalmoqda.
Avvalroq, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Messi bilan uchrashish uchun Barselonada ekanligi haqida xabar berilgandi. Bugun, 30 avgust kuni Messi klubning belgilangan tibbiy ko‘rigiga tashrif buyurmagan.
Mavzuga oid
17:24 / 08.12.2025
Xitoy dunyodagi eng uzoq aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
12:04 / 27.10.2025