O‘zbekiston | 01:38 / 02.09.2020
27085
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn testlar grafigi e'lon qilindi

5-6 sentabr kunlari O‘zbekistondagi 18ta oliy ta'lim muassasasida o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Fuqarolar ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan o‘zlarining doimiy yashash manzili bo‘yicha onlayn test sinovlarida ishtirok etadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, test sinovlarida fuqarolar faqat belgilangan joyda ishtirok etishlari mumkin.

Imtihon topshiruvchilardan onlayn testlarda qatnashish uchun belgilangan joylarga o‘z vaqtida kelish talab etiladi.

Ta'lim yo‘nalishlariga mos fanlardan to‘g‘ri javoblarga beriladigan ballar quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-blok fanlariga – har bir to‘g‘ri javobga – 3,2 ball;
  • 2-blok fanlariga – har bir to‘g‘ri javobga – 3,1 ball.

Test topshirish uchun 3 soat vaqt beriladi. Talabgorlarga tegishli ta'lim yo‘nalishlariga mos 2ta fandan 30tadan, jami 60ta savol beriladi.

Imtihon natijalariga ko‘ra, fuqarolarning xorijiy va nodavlat OTMlardan respublika OTMlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha qarorni davlat komissiyasi qabul qiladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid