Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr oldidan oliy ta’lim taşkilotlari talabalarining öqişini köçiriş (qayta tiklaş) böyiça arizalarni qabul qiliş muddatiga özgartiriş kiritildi. Yangi tartibga köra, ariza topşiriş har yili 10 yanvardan 20 yanvargaça (20 yanvar kuni ham) amalga oşiriladi.

Arizalarni quyidagi şakllarda topşiriş mumkin:

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti orqali;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn;
  • vazir buyruği bilan taşkil etiladigan hududiy işçi guruhlar orqali ham qabul qilinişi mumkin.

Arizaga quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • reyting daftarçasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
  • öqişni köçiriş (qayta tiklaş) sabablarini tasdiqlovçi hujjatlar.

Şu bilan birga, ayrim çeklovlar ham belgilangan. Xususan, bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim taşkilotidan boşqasiga “köçirib tiklaş” böyiça arizalar qabul qilinmaydi. Şuningdek, 1-bosqiç (1-kurs) 1-semestriga öqişni köçirişga ruxsat etilmaydi (istisno holatlar bundan mustasno).

Qayd etilişiça, öqişni köçirişda fanlar farqi 4 tadan oşmasligi, GPA körsatkiçi esa kamida 2,4 bölişi lozim.

Topşirilgan arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim taşkilotlari, tegişli vazirlik va idoralar hamda Davlat komissiyasi tomonidan 21 yanvardan 10 fevralgaça (10 fevral kuni ham) körib çiqiladi. Natijalar ariza beruvçilarga belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.