Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda taqiqda turgan Captiva qalbaki hujjat asosida sotilgani aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi, 228-moddasi 3-qismi, 233-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qashqadaryo viloyatidagi banklarning birida, aylanma mablag‘ni kengaytirish hamda qurilish materiallari sotib olish maqsadida Qarshi tumanida joylashgan MChJga 150.000.000 so‘m miqdorida kredit berilgan, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, MChJ rahbari 48 yoshli D.I. (ayol) garov sifatida qo‘yilgan Captiva rusumli avtomashinani kredit qarzdorligi to‘lanmasdan turib, 2020 yilning avgust oyi boshlarida qarzdorlik haqidagi aloqa xatining o‘rta qismini mexanik harakat ta'sirida o‘chirib, qalbaki hujjatlarni notariusga taqdim qilib, avtomashinani taqiqdan chiqarishga erishib, bank tomonidan band solingan mulkni qonunga xilof ravishda sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni qo‘lga kiritgan.
Sudga oid texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bank tomonidan berilgan aloqa xatining o‘rta qismi mexanik harakat ta'siri oqibatida o‘chirilganligi hamda yuqori va pastki qatordagi matnlar bir printerda bajarilmaganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish), 228-moddasi 3-qismi (qalbaki hujjatdan foydalanish), 233-moddasi 1-qismi (Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026