Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning yettinchi yalpi majlisi 11 sentabr kuni chaqiriladi
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
2020 yil 4 sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisini 2020 yil 11 sentabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi, “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan.
Shu bilan birga, moliya vazirining davlat budjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar holati haqida hamda O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026