O‘zbekiston | 21:30 / 05.09.2020
13865
1 daqiqa o‘qiladi

Timur Ishmetov: Sirdaryoga ajratilgan mablag‘larning hali yarmi ham ishlatilgani yo‘q

Moliya vaziri Temur Ishmetovga ko‘ra, Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yetkazilgan talafotlarni bartaraf etish uchun 2020 yilda 1 trln 432 mlrd so‘m ajratiladi.

"Shundan, ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun 950 mlrd so‘m, avtomobil yo‘llari va ko‘priklar qurilishi uchun 268 mlrd so‘m, ijtimoiy soha obektlariga 84 mlrd so‘m va oqova suv inshootlari uchun 129 mlrd so‘m ajratilgan. 

Agar bundan tashqari yana mablag‘lar zarur bo‘lsa moliya vazirligi tomonidan hech qanday muammosiz ta'minlab beriladi", — deya  videokonserensaloqa orqali Senatning Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida qatnashgan moliya vaziri T.Ishmetovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid