Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metall va toshlar muomalasi sohasi huquqiy tartibga solinadi
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat ko‘rsatishning ayrim turlarini ishlab chiqarish faqat davlat tomonidan amalga oshirilishi qonuniy mustahkamlanmoqda.
Qonunchilik palatasining 2020 yil 8 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Parlament saytida yozilishicha, deputatlarning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘lgan hujjatlardan biri ikkinchi o‘qishda majlis kun tartibiga kiritilgan «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘ldi.
Qonun loyihasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solish, zargarlik buyumlari asillik darajasini belgilash, tamg‘alash tizimini, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish tartib-taomillarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, loyiha qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibini bugungacha amal qilib kelgan tartib-taomillarga nisbatan keskin soddalashtirishni nazarda tutadi. Unga qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqini nazarda tutuvchi normalar kiritilgan bo‘lib, bu qimmatbaho metallarga oddiy tovar sifatida qarash, tadbirkorlik sub'yekti yoki jismoniy shaxslar ham ularga egalik qilish, o‘rnatilgan tartibda erkin tasarruf etish imkonini beradi.
Ayni paytning o‘zida loyihada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat ko‘rsatishning ayrim turlari (tangalar, ordenlar, standart va o‘lchamli yombilar)ni ishlab chiqarish faqat davlat tomonidan amalga oshirilishi qonuniy mustahkamlanmoqda.
— Loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida uning amalda samarali ishlashini ta'minlash maqsadida Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidagi zargarlar va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari o‘rganildi, —deydi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nodir Tilovoldiyev. —Shuningdek, qonun loyihasida investorlar huquqlari va manfaatlariga zid keluvchi normalar mavjud emasligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan investitsion ekspertiza xulosasi olindi.
Xalq vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi bilan joriy etiladigan yangiliklar sohada davlat organlari hamda boshqa ishtirokchilarning vakolatlari va javobgarlik sohasini aniq chegaralash, ushbu soha faoliyatini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarish, tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish hamda raqobat muhitini yaxshilashga ko‘maklashadi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
12:29 / 26.03.2026
Noqonuniy tilla savdosi: tezkor tadbirlarda yirik holatlar aniqlandi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026