Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Singapurda birinchi suv ustidagi do‘konini ochadi (foto)
Apple kompaniyasi 10 sentyabrda Singapurda o‘zining birinchi suv ustidagi do‘konini ochadi.
Do‘kon Marina-Bey ko‘rfazida Marina Bay Sands mehmonxonasi yonida joylashadi. U o‘zidan 114 ta qismdan iborat oynavand gumbazni aks ettiradi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, ushbu inshoot bu turdagi birinchi inshoot hisoblanadi.


Shar shaklidagi inshoot ichida soya beruvchi pardevorlar, yuqori qismida esa dumaloq shakldagi oyna o‘rnatilgan. Bundan tashqari, do‘konning suv ostidagi qavatida anjumanlar zali joylashgan.
Ushbu do‘kon Apple’ning Singapurdagi uchinchi do‘koni bo‘ladi va unda 148 kishi ishlaydi. E'tiborlisi, do‘kon xodimlari umumiy hisobda 23 tilda so‘zlasha oladilar. Singapurda pandemiya sababli amal qilayotgan cheklovlar sababli do‘konga uning ochilishi kuni maxsus saytda oldindan tashrif vaqtini bronlab qo‘yganlargina tashrif buyura oladi.


Do‘kon xodimlari ijtimoiy masofaga amal qilinishi uchun do‘konda ozchilik bo‘lishini nazorat qiladi.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026