O‘zbekiston | 09:18 / 09.09.2020
16277
1 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya sharoitida maktablarga kirib-chiqish tartibi ishlab chiqildi

Binodagi o‘quvchilar harakati va doimiy ravishda tibbiy niqoblarda bo‘lishi esa fan o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilinadi.

Pandemiya sharoitida maktablarga kirib-chiqish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘quvchilarning ta'lim muassasalariga karantin qoidalariga rioya qilgan holda kirib-chiqishi tartibi 1- yoki 2-navbatda o‘qishlaridan kelib chiqib yo‘lga qo‘yiladi.

Binodagi o‘quvchilar harakati va doimiy ravishda tibbiy niqoblarda bo‘lishi esa fan o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilinadi.

Ta'lim muassasalariga kirib-chiqish qoidalari Sergeli tumanidagi 330-maktab hamda Bekobod tumanidagi 40-maktab misolida batafsil keltirilgan.

Mavzuga oid