Jamiyat | 12:16 / 14.09.2020
17573
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusning yengil darajasida organizm kasallikni dori vositalarisiz yengishi mumkin – shtab a'zosi

Aniq ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar bilan kontaktda bo‘lganlarning 80 foizida kasallik simptomlarsiz, ya'ni yengil darajada o‘tadi. Mazkur bemorlarda immun tizimi yaxshi rivojlangan bo‘ladi.

Koronavirusga qarshi shtab a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda fuqarolar tomonidan yo‘llangan savollarga javob qaytardi.

«Bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boshka kuchli dori vositalarisiz yengishlari mumkin. Bu holatlarda shifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimni qo‘llab turish, shaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qilish o‘ta muhim hisoblanadi», degan u.

Shuningdek, koronavirusga chalinganlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  • tomoqni kuniga kamida 8 marta tez-tez turli eritmalarda chayib turish;
  • kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish;
  • sog‘lom ovqatlanish, ovqat ratsionida meva va sabzavotlarning bo‘lishi;
  • S vitaminiga boy mahsulotlar: limon, na'matak, malina choylarni ichish, bulg‘or qalampiri, piyoz va ko‘katlar iste'mol qilish;
  • shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yurish va  mashqlarni bajarib turish.

Brifingda koronavirus yuqmasligi hech kimga kafolatlanmagani aytib o‘tildi.

larga yuqmasligi haqida ma'lumotlar mavjudmi, deya berilgan savolga ham javob qaytarildi.

«JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot berilgan. Bugungi kunda niqob taqib yurish, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni doim sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish hamda imkon qadar o‘zini alohidalagan shaxslarga kasallik yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi. Odamlar bilan muloqotni umuman cheklagan insonlarga virus yuqmasligi mumkin.

Biroq ta'kidlash lozimki, bugungi pandemiya davrida inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va o‘sha davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa, bu kasallikni yengil kechirishi mumkin.

Shuningdek, bugungi kunda kasallanib o‘tganlar organizmida neytral antiatanachalar hosil bo‘lsa, bu insonlarda turg‘un immunitet hosil bo‘lishi va koronavirusga qayta chalinmasligi to‘g‘risida Yevropa olimlari tadqiqotlari natijasi bo‘yicha ma'lumot berildi», dedi shtab a'zosi.

Mavzuga oid