Iqtisodiyot | 16:50 / 17.09.2020
8075
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki dunyo iqtisodiyotining tiklanish muddatini ma'lum qildi

Iyunda Jahon banki 2020 yilda dunyo iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushi davridan buyon rekord darajada - 5,2 foizga pasayishini taxmin qilgandi.

Foto: John Sibley / Reuters

Dunyo iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozdan keyin tiklanishi uchun besh yilgacha vaqt ketadi. Bu haqda Jahon bankining bosh iqtisodchisi Karmen Reynxart ma'lum qildi.

"Karantin bilan bog‘liq barcha cheklov choralari bekor qilinishi ortidan jadal o‘sish yuz beradi, ammo to‘liq tiklanish besh yilgacha vaqtni oladi", - deya Reynxartning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reyter agentligi.

 Reynxartning fikricha, inqirozdan so‘ng dunyoda 20 yil ichida ilk bor  qashshoqlik darajasi o‘sadi.

Iyunda Jahon banki 2020 yilda dunyo iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushi davridan buyon rekord darajada - 5,2 foizga pasayishini taxmin qilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 30 milliondan oshgan.

Mavzuga oid