M-39 avtomobil yo‘lida yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda
Toshkent viloyatidagi avtomobil yo‘llarida yil boshidan buyon sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 209tasi yoki 48 foizi kunning qorong‘i vaqtida sodir bo‘lgan.
IIV YHXBB xabariga ko‘ra, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida viloyat IIBB YHXB tomonidan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va THAY UK 397-YTB xodimlari tomonidan M-39 "Toshkent-Termiz" xalqaro avtomobil yo‘lining 838-, 842-, 845-km. (Yangiyo‘l, Islohot, Mirzo Ulug‘bek m.f.y.)da piyodalar xavfsizligini ta'minlash maqsadida sun'iy yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, kunning qorong‘i vaqtida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 141tasi yoki 32,3 foizi kech soat 19:00dan tungi 24:00gacha, ayni transport vositalari serqatnovligi ortgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Hodisalarning 68tasi yoki 15,6 foizi tungi soat 24:00dan ertalabki 06:00gacha bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Tungi vaqtdagi yo‘l-transport hodisalarining 67tasi yoki 32,3 foizi sun'iy yoritilmagan yo‘llarda sodir etilgan.
Mavzuga oid
19:57
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024