O‘zbekiston | 07:29 / 17.09.2020
5199
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy tovarlar va import qilingan tovarlarning aksiz solig‘i birxillashtiriladi

2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, respublika hududida ishlab chiqarilgan tovarlar va import qilingan tovarlarning aksiz solig‘ini bosqichma-bosqich birxillashtirish mo‘ljallanmoqda.

Bunda Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va unda sog‘lom raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi. Bajarish muddati - 2020 yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi.

Shuningdek, mol-mulk (ko‘chmas mulk va transport vositalari) oldi-sotdisini amalga oshirishda zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish joriy etiladi.

Bu borada chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unda mol-mulk (ko‘chmas mulk va transport vositalari) bo‘yicha tomonlar o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomalarni notarial idoralar orqali rasmiylashtirishda o‘zaro hisob-kitoblarni zamonaviy bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2020 yil dekabr, ijro uchun mas'ullar - Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Markaziy bank.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid