Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 8 oyda xorijdan qancha muzlatkich sotib oldi?
O‘zbekiston 21ta davlatdan muzlatkich import qilgan.
Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatga qiymati 22,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 162 mingdan ziyod muzlatkichlar import qilingan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil 25 783 dona kam muzlatkich xarid qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 21ta davlatdan muzlatkich import qilgan. Import ulushi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (71 ming), Rossiya Federatsiyasi (59,5 ming), Indoneziya (8,5 ming), Vetnam (8,3 ming) va 4,7 ming dona muzlatkich bilan Belarus Respublikasini ko‘rish mumkin.
Ma'lumot o‘rnida, mamlakatda 2019 yilda qiymati 754,5 mlrd. so‘mlik 502 ming dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
15:46
O‘zbekistonda ko‘p bolali uy xo‘jaliklari ulushi keskin ko‘tarildi
13:39
Hududlar kesimida elektr uskunalar ishlab chiqarish: Toshkent shahri birinchi o‘rinda
10:42
2025 yilda huquq va buxgalterlik xizmatlari 4,6 trln so‘mga yetdi
17:40 / 15.01.2026