Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik milliarderga hashamatli yashash taqiqlandi
Xitoy sudi milliarder, HNA turistik va moliya konglomerati rahbari Chen Fenga hashamatga pul sarflashni taqiqladi. Bunga esa uning kompaniyasi katta qarzga egaligi sabab bo‘lgan.
Chen Fen / Foto: nytimes.com
Milliarderning yashashi va ishlashi uchun zarur bo‘lgan xarajatlardan boshqalari taqiq ostiga tushgan.
Jumladan, endilikda Chen Fenning samolyotlarning birinchi sinfida uchishi, tez yurar poyezdlardan foydalanishi, qimmat kurortlar va lyuks mehmonxonalarda to‘xtashi, qimmatbaho ofislarni ijaraga olishi taqiqlanadi. Unga, shuningdek, uyida qimmat ta'mirlash ishlari o‘tkazish ham man qilindi.
Milliarder katta summa ishlatishdan oldin maxsus ruxsat olishi kerak bo‘ladi.
Bunday qat'iy choralar ko‘rilishiga kompaniya mart oyida chiqarilgan sud hukmini inkor etgani sabab bo‘lgan.
2 yil avval xitoylik ayol milliarderning kompaniyasiga tegishli Jubaohui platformasi orqali ikkita investitsiyaviy mahsulot xarid qilgan. Biroq u bu xaridlar bo‘yicha dividendlar olmagach, sudga arz qilgan. Sud chiqargan qarorga ko‘ra HNA 10 kun ichida ayolga barcha tegishli pullarni foizi bilan birga to‘lashi kerak bo‘lgan, biroq buni qilmagan.
Bundan tashqari, kompaniyada qimmatbaho ko‘chmas mulk va Hilton, Deutsche Bank va Virgin Australia kompaniyalari aksiyalarini sotib olganidan keyin o‘nlab milliard dollarlik qarzdorlik vujudga kelgan, chunki ushbu xaridlarni qarzga olingan pullar evaziga amalga oshirgan. Kompaniya katta miqdordagi qarz sababli o‘z aktivlarini sota boshlagan.
Sarmoyachilar kompaniya o‘z qarzini to‘lay olishiga shubha bildira boshlashgach, mojaro chiqqan. Vaziyat shunchalik darajaga yetganki, kompaniya o‘z xodimlaridan qarz olishga uringan.
Mavzuga oid
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
22:52 / 30.10.2025
Rossiya dollar milliarderlari soni bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan tenglashdi
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
22:45 / 29.09.2025