Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boshoqli don yetishtirish bozor mexanizmlariga o‘tadi
Vazirlar Mahkamasining 8.09.2020 yildagi «2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 546-son qarorida shu haqda so‘z yuritilgan.
Hujjat bilan belgilanishicha, 2021 yildan boshlab:
- davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
- boshoqli don ekinlari bo‘yicha davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi;
- zarur miqdordagi don fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi. Bu ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur.
Norma’ning yozishicha, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2021 yil hosili uchun serhosil, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan kuzgi boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;
- Don va dukkakli don ekinlari ITI va uning Qashqadaryo filiali hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ilmiy-tajriba stansiyalarida 2021 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish va superelita urug‘lik don yetishtirish hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
- 2021 yil hosilidan boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
- 2021 yil hosilidan don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar don hajmlari;
- 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish va parvarishlash uchun talab qilinadigan mineral o‘g‘itlar miqdori;
- 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish va parvarishlash uchun talab qilinadigan YoMM miqdori.
Qaror bilan tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug‘oriladigan maydonlarda 2021 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan «yo‘l xaritalari» tasdiqlandi.
Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi vaziri va moliya vaziriga ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida xarid qilinadigan tovar don hajmlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Qarorda amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyalashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda yalpi hosil qiymatining 40–50%i miqdoridagi kredit buyurtmalarini tumanlar bo‘yicha alohida hisob-kitob qiladi.
Tijorat banklari agrotexnik tadbirlar muddatlariga muvofiq g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun har oyning 5-kuniga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga kredit buyurtmalarini taqdim etadi.
Jamg‘arma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining buyurtmanomalari asosida 2021 yil g‘alla hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga har oyda mablag‘ ajratadi. Tijorat banklari g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar Jamg‘armaga to‘liq qaytarilishini ta'minlaydi.
2021 yil g‘alla hosilini yetishtirish xarajatlarini belgilangan tartibda moliyalashtirish Qishloq xo‘jaligi vazirligi e'lon qiladigan minimal narxlardan va 2020 yil g‘alla hosili hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ikki kun muddatda minimal narxlarni e'lon qilish va Moliya vazirligiga 2021 yil g‘alla hosili xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblarni taqdim etish vazifasi topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi vazirliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, «O‘zdonmahsulot» AK bilan birgalikda bir hafta muddatda boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishga doir qarorlar qabul qilish vazifasi topshirildi.
«O‘zdonmahsulot» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta'minlash maqsadida tuzilgan shartnomalar doirasida yetishtiriladigan g‘alla uchun urug‘lik qiymatining 15 foizini oldindan va qolgan qismini 60 kun ichida to‘lab berish sharti bilan, boshqa fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlariga 100 foiz oldindan to‘lovlar asosida ekish uchun urug‘lik donni yetkazib beradi.
Moliya vazirligi, «Agrobank» ATB va tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga boshoqli don yetishtirish xarajatlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilishi, ajratilgan mablag‘lardan fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlari mustaqil va maqsadli foydalanishini ta'minlash vazifasi topshirildi.
Hujjat 9.09.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026