Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi avtohalokat 15 kishining umriga zomin bo‘ldi
Nigeriya janubida joylashgan Eboni shtatida avtobusning daryoga tushib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nation nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar avtobusni daryo tubidan chiqarib olishganda, uning ichida 14 jasadni topishgan. 5 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ammo keyinroq ulardan biri jon bergan. Bundan tashqari, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.
Ba'zi nashrlarning xabar berishicha, halokat vaqtida 30dan ko‘proq kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lishi mumkin.
Rasmiy idoralarning xabar berishicha, avtobusda 30dan ko‘proq yo‘lovchi bo‘lgan. Haydovchi va 4 yo‘lovchi avtobus cho‘kib ketishi oldidan undan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan. Politsiya voqea sabablarini tergov qilmoqda.
Mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriy halok bo‘lganlar oilalari va yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi Nigeriyada joriy haftada avtobuslar ishtirokida yuz bergan uchinchi yirik avtohalokatdir. 15 sentyabrda mamlakat janubida avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 5 kishi, 17 sentyabrda mamlakat g‘arbida avtobus va yuk mashinasining ro‘parama-ro‘para to‘qnashuvida 12 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
20:33 / 16.05.2026