Eronda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani e'lon qilindi
Eronning Tehron viloyatida koronavirus tarqalishining uchinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda viloyatning koronavirusga qarshi kurashish shtabi boshlig‘i Alirizo Zoliy ma'lum qildi.
“Oxirgi kunlar statistikasi Tehronda uchinchi to‘lqin boshlanganini ko‘rsatmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Zoliy. Uning aytishicha, “ikkinchi va uchinchi to‘lqin orasidagi davr kichik bo‘lgan”. Eronda ikkinchi to‘lqinning boshlangani 15 iyulda e'lon qilingan edi.
Zoliyning ta'kidlashicha, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq statistik ma'lumotlarning o‘sishi kuzatilmoqda, bu esa infeksiya tarqalishining uchinchi to‘lqiniga to‘g‘ri kelmoqda. “Biz shtab nomidan sog‘liqni saqlash vaziriga virus tarqalishiga qarshi cheklovlar qaytarilishini so‘rab maktub yo‘lladik. Bu ayniqsa masofadan ishlashning qaytarilishiga taalluqli”, deb qo‘shimcha qilgan Zoliy.
Oxirgi kunlarda Eronda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payishi kuzatilmoqda. Yoz oxirida ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatilgan edi. 31 avgustda esa kasallanish holatlari kunlik o‘sishi minimum qiymatgacha (1642 ta kasallanish holati) tushgan. Biroq shundan keyin kasallanganlar soni yana o‘sa boshlagan va oxirgi 3 kun ichida 2 marta 3 mingdan oshdi.
Ayni vaqtda mamlakatda kasallanganlar soni 422 mingdan oshib ketdi, infeksiyadan vafot etganlar soni 24,3 mingni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024