O‘zbekiston | 11:51 / 23.09.2020
6420
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi

Prezident tomonidan 15 sentabr kuni tegishli PQ-4826 va PQ-4827-son qarorlar imzolandi.
Gap quyidagi hujjatlar xususida bormoqda:
 

  • O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida 2019 yil 19 dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1998 yil 11 fevralda imzolangan Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2019 yil 19 aprelda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari O‘zbekiston tomonidan bajarilganligi to‘g‘risida bizning xorijiy hamkorlarimizga tegishli xabarnoma yo‘llash topshirildi.
 
Hujjatlar 16.09.2020 yildan kuchga kirdi, deya xabar bermoqda Norma.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid