Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni ziyoratchilarni qabul qilishni boshlamoqda
1 noyabrdan boshlab xavfsiz deb hisoblangan mamlakatlar fuqarolariga ham Saudiya Arabistoniga ziyorat maqsadida kelishiga ruxsat beriladi.
Saudiya Arabistoni hukumati 4 oktyabrdan bosqichma-bosqich ziyoratchilarni qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda “Al Jazira” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, birinchi bosqichda Umra ziyoratchilarning kunlik soni 6000 kishi bilan cheklanadi – ular Saudiya Arabistoni fuqarolari va mamlakatda istiqomat qiladigan boshqa shaxslar bo‘ladi.
1 noyabrdan boshlab xavfsiz deb hisoblangan mamlakatlar fuqarolariga ham Saudiya Arabistoniga ziyorat maqsadida kelishiga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Saudiya Arabistoni barcha xalqaro qatnovlarni mart oyining boshida to‘xtatgan edi.
Iyun oyida xorijlik ziyoratchilar uchun bu yilgi haj ziyorati bekor qilindi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qirollikda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 331,3 ming holat qayd etilgan, 4,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026