Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada 400 ga yaqin delfin nobud bo‘ldi
Avstraliyaning Tasmaniya orol-shtatida 380ga yaqin qora delfin o‘zini sohilga otib, nobud bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, orolning sharqiy sohillaridagi sayozlikka ikki kun davomida 470ga yaqin delfin chiqib qolgan. Qutqaruvchilar ulardan 50ga yaqinini okeanga qaytarishga muvaffaq bo‘lishgan, yana o‘nlab delfinlarga yordam ko‘rsatilmoqda.
“Ular hamon tirik va suvda qolmoqda, biz ularni saqlab qolishga umid qilmoqdamiz. Biroq vaqt o‘tmoqda va ular tobora holdan toyib bormoqda. Bizni xavfda qolgan va nobud bo‘layotgan delfinlar soni oshib borayotgani qayg‘uga solmoqda”, deb aytgan orol ma'muriyati vakili Nik Deka.
Delfinlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyada 60 nafar maxsus o‘rgatilgan qutqaruvchi ishtirok etmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu Avstraliya tarixida bunday eng yirik hodisa hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026