Bojxonachilar “tilla dazmol”ni fosh etishdi
Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro E.O‘.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida, yuklar orasida bir qarashda oddiy ko‘ringan dazmol zamonaviy skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda ichida umumiy qiymati 168 million so‘mlik 481,5 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3512- sonli qarorida Jismoniy shaxslar tomonidan 65 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkinligi belgilangan.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024