Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada harbiy samolyot qulab tushdi. 22 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
Ukrainaning Xarkov viloyati yaqinida harbiy samolyot qulab tushdi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 22 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Ikki kishining omon qolgani va ulardan biri og‘ir ahvolda ekani xabar qilingan. Omon qolganlar jiddiy kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ba'zi manbalarda yozilishicha, halokatga uchragan harbiy transport samolyoti bortida 26 kishi, ba'zi nashrlarga ko‘ra 28 kishi bo‘lgan.
Halokat 25 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 20:45 da (Toshkent vaqti bilan 22:45) sodir bo‘lgan. Halokatga uchragan samolyot An-26 harbiy samolyoti ekani aytilmoqda. Samolyotda Ivan Kojyeduba nomidagi Xarkov Havo Kuchlari universitetining sinov parvozini amalga oshirayotgan kursantlari bo‘lgan.

Samolyot qo‘nishdan avval halokatga uchragan. Havo Kuchlari oliygohi kursantlari sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot Xarkov – Rostov trassasi yaqinida qulab tushgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aviahalokat bo‘yicha munosabat bildirib, ertaga voqea joyiga yetib borishini ma'lum qildi. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Yeshche video s mesta krusheniya. Soobshchayetsya, chto pogibshix ujye 20 chelovek.
— Xuyovaya Saltovka | Xarkov (@h_saltovka) September 25, 2020
Vyrajayem soboleznovaniya semyam pogibshix! pic.twitter.com/yx3YbfLzxa
Mavzuga oid
11:00
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16 / 24.06.2026