O‘zbekiston | 08:21 / 01.10.2020
2652
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda 23 yoshli haydovchi Nexia’da piyodani urib ketdi

Hodisa tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Internetda Toshkent shahar Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 sentabr kuni taxminan soat 22:00da Amir Temur ko‘chasida 23 yoshli Hasan N. ishonchnoma asosida Nexia avtomobilini boshqara turib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Shaxsi aniqlanayotgan, yoshi taxminan 50-55lardagi ayol YTH natijasida olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisa tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid