Jajji Gulira'no olamdan o‘tdi
Kun.uz saytida va qator platformalarda kattaqo‘rg‘onlik Gulira'no Mashg‘ulotovaga yordam so‘rab xayriya aksiyalari uyushtirilgandi. Qizaloqning umri qisqa ekan, ko‘rsatilgan sa'y-harakatlarga qaramay 2 oktabr kechasida joni uzildi.
Gulira'no sog‘ayib ketishi uchun juda ko‘pchilik yordam qo‘lini cho‘zgan, Hindistonga borib operatsiya qilinishi uchun zarur mablag‘ yig‘ilayotgan edi. “Surunkali glomerulonefrit” tashxisi buyrak yetishmovchiligi asorati bilan kechgan, 9 yoshli qizaloq shishib ketgan va og‘riqlardan azob chekayotgandi.
Afsuski Gulira'no Mashg‘ulotovani xorijda operatsiya qilish rejasi amalga oshmadi, qizgina bu dunyo azoblaridan qutilib, chin olamga rixlat qildi.
“Bizga yordam berganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Allohning irodasi shu ekan... Qizim haqiga duo qiling”, – dedi otasi Jaloliddin Zoirov.
Kun.uz jamoasi barcha yurtdoshlarimiz nomidan bu oilaga hamdardlik bildiradi va musibat onlarida sabr tilaydi.
Mavzuga oid
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
13:19 / 03.07.2024
150 million so‘mga sotilgan suratlar - Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tdi
14:51 / 29.06.2024