Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda “Tolibon”ning yuzlab jangarilari qurol tashladi
Afg‘onistonning ikkita shimoliy viloyatida “Tolibon”ning 300ga yaqin jangarisi qurol tashladi.
5 oktyabrda 150 tolibon, jumladan 15 nafar dala qo‘mondoni Sari-Pul viloyati hukumati tomonga o‘tgan. Qo‘shni Balx viloyatida esa yana 125 jangari kurashdan bosh tortgan.
12 sentyabrda Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasida mamlakatda o‘nlab yillar tinmayotgan qurolli ixtilofga chek qo‘yishga qaratilgan tinchlik muzokaralari boshlangandi. Biroq bunga qaramay, “Tolibon” o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortmoqda.
Tolibonlar hukumat bilan muzokaralar AQSh bilan imzolangan kelishuv shartlari bo‘yicha o‘tishini talab qilishmoqda. Bu esa tomonlar bir to‘xtamga kela olmayotgan ikki banddan biri hisoblanadi.
Afg‘onistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Mohib Kobul AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuv “afg‘on xalqiga suqishtirilishi”ni istamayayotganini aytgan.
U, shuningdek, muzokaralarga vositachilar qo‘shilishi g‘oyasini rad etgan. “Bu muzokaralar afg‘on ixtilofini hal qilishga qaratilgan afg‘onlar o‘rtasidagi muzokaralardir va biz bunga vositachilar qo‘shilishini istamayapmiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Mohib.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026