Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ishchi vizalari berilishi tartibi yanada qat'iylashtirildi
AQShning ichki xavfsizlik vazirligi yuqori malakali xorijiy mutaxassislar uchun H1-B vizasi berilishi tartibi navbatdagi marta qat'iylashtirilishini e'lon qildi. Vazirlik rahbari Chad Volfning ta'kidlashicha, birinchi o‘rinda amerikalik ishchi turishi lozim.
«Biz amerikalik ishchi birinchi o‘rinda turishi uchun qonun doirasida qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz lozim”, deb aytgan Volf.
O‘zgarishlarga ko‘ra, xorijiy ishchilarni yollashdagi “maxsus kasblar” soni qisqartiriladi. Bundan tashqari, kompaniyalar amerikaliklarga ishga joylashish bo‘yicha “real” takliflar berishi lozim. Vizaning amal qilish muddati esa bir yil bilan cheklangan.
Yangi qoidalardan ba'zilari 8 oktyabrdanoq, qolganlari esa AQSh hukumatining rasmiy hujjatlari to‘plamida e'lon qilingandan 60 kun o‘tib kuchga kiradi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi qoidalar AQShda ishchi vizalar bilan qolayotgan xorijliklarning uchdan bir qismini qamrab oladi.
Iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp immigrantlarning bir qator vizalar, jumladan H-1B vizasi bo‘yicha AQShga kirishini cheklagandi. Oq uy ma'muriyatida ta'kidlanganidek, ushbu chora ishsiz amerikaliklar uchun ish o‘rinlarini saqlab qolishga qaratilgan. Biroq oktyabrda San-Fransisko sudi Trampning bu farmonini qisman bloklagan.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026