Jahon | 07:37 / 08.10.2020
7356
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy xodimlari orasida koronavirus jadal tarqalmoqda

Oq uy xodimlari orasida koronavirus jadal tarqalmoqda. Ayni vaqtda AQSh ma'muriyatining yuqori lavozimli mansabdor shaxslari va ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarda 34 ta kasallanish holati qayd etilgan. 

AVS telekanalining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv bo‘yicha federal agentligining (FEMA) ichki hujjatiga tayanib xabar berishicha, Oq uyda infeksiyaga chalinganlar telekanal avvalroq hisoblab chiqqandan ko‘ra ko‘proqni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, Oq uyda 24 kishi koronavirusga chalingan. Jumladan, ular orasida AQSh prezidenti Donald Tramp, uning rafiqasi Melaniya, Trampning matbuot kotibi, saylovoldi shtabi direktori, yordamchilari Xoup Xiks va Stiven Miller, Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi rahbari bor. 

Telekanalning ta'kidlashicha, yangi ma'lumotlar Oq uydagi inqirozning o‘sishi va hukumat amaldorlari koronavirus tarqalishi haqidagi ma'lumotni yashirishga uringanlaridan darak beradi. 

Trampning koronavirusga uchragani 2 oktyabrda ma'lum bo‘lgan. U shifoxonada 3 kun davolangan va hozirda Oq uyda tiklanishni davom ettirmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid