Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Riyeltorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 13 foizgacha pasaytiriladi
Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan riyeltorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi.
Tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarining (bojxona nazorati ostidagi tranzit va import tovarlari bundan mustasno) elektron hisob-fakturalar, to‘lov terminallari kvitansiyalari va ulardagi onlayn-kassa mashinalarining cheklarini rasmiylashtirmagan holda harakatlanishi taqiqlanadi.
Hisob-fakturalarni elektron almashinuvi bilan bir qatorda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish shartnomalarini va inventarizatsiyani olish uchun ishonchnomalarni majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Qurilish korxonalariga ishchilarni ish haqini uning hajmi hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondining jami miqdorining 10 foizidan oshmagan holda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
17:06 / 18.04.2026