Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan vatandoshlarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari belgilandi
Rossiya hududidan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poyezdning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Poyezdlar Volgograd viloyatidagi “Voljskiy” stansiyasidan 15, 18, 22, 25, 28 oktabr kunlari, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari soat 21:57da yo‘lga chiqadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Yo‘lovchilar poyezd chiptalarni Rossiya hududida faoliyat yuritadigan har qanday temir yo‘l kassalaridan sotib olishi mumkin. Chiptalarni sotib olishda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart. Bundan tashqari, «Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasining rasmiy veb-sahifasida, shuningdek, «Rossiya temir yo‘llari yo‘lovchilar uchun» mobil ilovasidan foydalangan holda chiptalarni rasmiylashtirish mumkin.
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasining ma'lumotiga ko‘ra, 20ta vagondan iborat har bir poyezd tarkibi 938 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Poyezdlar Rossiya hududi bo‘ylab qo‘shimcha to‘xtovlarsiz harakat qiladi.
Bosh konsulxona COVID-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarning bir joyda ommaviy to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qaytish chiptasini olgan vatandoshlardan «Voljskiy» stansiyasiga poyezd jo‘nab ketadigan kuni kelishni so‘ragan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026