Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda “kamikadze” dronlarni yoppasiga otuvchi qurilma namoyish etildi (video)
Xitoyda “kamikadze” dronlarni uchirishga mo‘ljallangan ko‘p stvolli pusk qurilmasi namoyish qilindi. Qurilmani 48 ta dron bilan “o‘qlash” mumkin.
Jangovar mashina ko‘rinishidagi qurilma Dongfeng Warrior zirhli avtomobili negizida ishlab chiqilgan. Dronlar konteynerlar ichiga, konteynerlar esa mashinaning orqa qismida o‘rnatilgan maxsus bo‘lmaga joylanadi. Bo‘lma dronlarni otishdan oldin biroz ko‘tariladi.
Dronlar bir to‘da bo‘lib harakatlanib, bir vaqtning o‘zida razvedka olib borishi va aniqlangan nishonlarga hujum qilishi mumkin.
Bunday qurol ustidagi ishlar xitoylik konstruktorlar tomonidan anchadan beri olib boriladi. Bunday tizimlarni yaratish bilan boshqa davlatlar ham shug‘ullanadi.
Dronlar to‘dasiga qarshi kurashish masalalari bilan havo hujumiga qarshi mudofaa mutaxassislari shug‘ullanadi. Yoppasiga hujum qiluvchi bunday dronlarga qarshi tez otuvchi zambaraklar, raketalar, radioelektron kurash tizimlari va lazer qurilmalar samarali hisoblanadi.