Germaniya prezidenti soqchilaridan birida koronavirus aniqlanganidan so‘ng karantinga ketdi
64 yoshli Shtaynmayyer koronavirusga test topshirgan, natija manfiy bo‘lganligi xabar qilingan.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer soqchilaridan birida koronavirusga olingan test natijasi musbat chiqqanidan so‘ng karantinga ketdi. Bu haqda federal prezident idorasi vakili ma'lum qildi.
Dpa agentligining yozishicha, gap prezident bilan muloqotda bo‘lgan jinoiy politsiya federal idorasi xodimi haqida bormoqda. 64 yoshli Shtaynmayyer koronavirusga test topshirgan, natija manfiy bo‘lganligi xabar qilingan.
Germaniyada oxirgi sutkada koronavirusga chalingan 7830 kishi aniqlangan. Robert Kox nomidagi institutning qayd etishicha, bu pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel shaxsiy murojaat bilan chiqib, nemislarni ijtimoiy aloqalarni cheklashga va sayohatlarni minimal darajaga tushirishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023