Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron qurol sotishni yana yo‘lga qo‘ymoqchi
Eron o‘ziga nisbatan kiritilgan qurol embargosi bekor qilingandan keyin qurol importi bilan emas, balki eksporti bilan ko‘proq shug‘ullanmoqchi.
Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiyning ta'kidlashicha, Tehron embargo bekor qilingandan keyin qurol sotib olishdan ko‘ra ko‘proq uni sotish niyatida.
“Biz import qilinadigan quroldan ko‘ra ko‘proq hajmda uni eksport qilishimizga shubha yo‘q”, deb ma'lum qilgan Hotamiy.
Uning ta'kidlashicha, 2019 yildan beri Tehronga qurol importi va eksporti masalasi bo‘yicha bir necha davlat murojaat qilgan va ular bilan muzokaralar o‘tkazilgan.
Hotamiy Eron sanksiyalar ostida bo‘lganiga qaramay, mamlakat harbiy sohada muayyan yutuqlarga erishganini qo‘shimcha qilgan. Uning ta'kidlashicha, “dushmanlar” Eron o‘zidan e'tiborga molik “raketaviy davlat”ni aks ettirishini hamda dronlar ishlab chiqish bo‘yicha dunyoda yetakchi beshlikka kirishini tan oladi.
“Biz raqobatchilarga qaraganda sifatli va arzonroq qurilmalar ishlab chiqaramiz”, deb ta'kidlab o‘tgan general.
Uning aytishicha, Eron quroldan o‘z mudofaasi uchun foydalanadigan davlatlargagina uni sotadi.
Eronga oddiy qurollarni yetkazish va Erondan ularni eksport qilishga taqiqlovning amal qilishi muddati 18 oktyabrda nihoyasiga yetdi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026