Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi
Qashqadaryo viloyatida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Farhod Ochilov Qashqadaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
F. Ochilov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “Yuksalish” umummilliy harakati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
To‘xtamurod Pakirov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
T. Pakirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelgan.
Nargiza Samadova Qarshi shahar Xalq ta'limi bo‘limi mudiri etib tayinlandi.
N.Samadova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Qarshi shahar xalq ta'limi bo‘limining ijtimoiy fanlar metodisti lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026