Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy iqtisodiyoti pandemiya davridagi inqirozdan so‘ng yana o‘sishni boshladi
Xitoy iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasidan tiklanishni davom ettirmoqda - iyuldan sentyabrgacha bo‘lgan uch oy davomida iqtisod 4,9 foiz ko‘tarilgan.
Dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiga ega bo‘lgan Xitoy karantin davomida eng ko‘p zarar ko‘rgandi.
2020 yilning uchinchi choragi so‘ngida Xitoy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) ko‘rsatkichlari asta-sekin ko‘tarilmoqda. Biroq o‘sish iqtisodchilar kutganidek 5,2 foizni tashkil qilmagan.
Joriy yilning dastlabki uch oyida Xitoy iqtisodiyoti butun mamlakat bo‘ylab fabrikalar va ishlab chiqarish korxonalarining to‘xtab qolishi sababli 6,8 foizga pasayib ketgandi. Bu 1992 yildan beri qayd etilgan birinchi iqtisodiy pasayish hisoblanadi.
Dushanba kuni e'lon qilingan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Xitoyning iqtisodiy tiklanishi tez sur'atlarda qayta tiklanmoqda. Uchinchi chorakda chakana savdo hajmi 0,9 foizga o‘sgan. Shuningdek, sentabr oyidagi savdo ko‘rsatkichlari, o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan eksport 9,9 foizga, import esa 13,2 foizga o‘sgan holda kuchli tiklanishni ko‘rsatgan.
Xitoy hukumati bu yil koronavirusdan zarar ko‘rgan iqtisodiyotni tiklash va bandlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Keng miqyosdagi sayohat cheklovlari iqtisodiy faoliyatni to‘sib qo‘ygandan so‘ng, Markaziy bank shu yil boshida siyosatni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirgan.
Bosh vazir Li Ketsyan shu oyning boshida Xitoy yillik iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun mashaqqatli harakatlarni amalga oshirishi kerakligi haqida ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
22:35 / 17.05.2026