Dunyoning eng qimmatbaho brendlari e'lon qilindi
Dunyoning eng qimmatbaho brendlarining 2020 yil uchun yangi reytingi e'lon qilindi. Interbrand reytingida 8 yildan beri Apple yetakchilik qilmoqda. 2019 yilda 2-o‘rinni egallagan Google esa 8 yil ichida birinchi marta yetakchi uchlikni tark etib, 4-o‘ringa tushib ketdi.
Apple brendi o‘tgan bir yil ichida 38 foizga qimmatlab, narxi 323 mlrd dollarga yetgan.
Amazon brendi 2019 yilgi reytingga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 2-o‘rinni egalladi. Ushbu brend bir yil ichida 60 foizga qimmatlab, narxi 200,7 mlrd dollarga yetgan. Ta'kidlab o‘tish joiz, ushbu brend joriy yildagi reytingda eng qimmatlagan brend bo‘ldi.
3-o‘ringa 4-o‘rindan Microsoft ko‘tarilib oldi. Ushbu brend bir yil ichida 53 foizga qimmatlab, qiymati 166 mlrd dollarga yetgan.
4-o‘rinni esa Google brendi 165,4 mlrd dollarlik narx bilan egallagan.
Yetakchi o‘nlikdan Samsung (2 foizlik o‘sish, 62,3 mlrd dollar), Coca-Cola (10 foizlik pasayish, 56,9 mlrd dollar), Toyota (-8 foiz, 51,6 mlrd dollar), Mercedes-Benz (-3 foiz, 49,3 mlrd dollar), McDonald's (-6 foiz, 42,8 mlrd dollar) va Disney (-8 foiz, 40,8 mlrd dollar) brendlari joy olgan.
Joriy reytingga Instagram (19-o‘rin, 26,1 mlrd dollar), YouTube (30-o‘rin, 17,3 mlrd dollar) va Zoom (100-o‘rin, 4,48 mlrd dollar) birinchi marta kiritildi. Shuningdek, reytingga oxirgi 2 yil unda bo‘lmagan Tesla qaytdi (40-o‘rin, 12,8 mlrd dollar).
Reytingga dunyoning eng qimmatbaho 100 ta brendi kiritiladi. Joriy reytingda ularning umumiy qiymati 2 trln 336 mlrd 491 mln dollarga baholangan. Bu esa 2019 yilgi ko‘rsatkichdan 9 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.
Interbrand o‘z reytingini tuzishda kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari, brendning iste'molchilarning xarid borasidagi qaroriga ta'siri va kompaniyalarning daromadliligi hisobga olinadi. Ushbu reyting 21 yildan beri e'lon qilib kelinadi.
Ilk reytingdan joy olgan 30ga yaqin kompaniya, jumladan, Disney, Nike va Gucci hozirda ham unda bor. Shu yillar davomida reytingni 100dan ko‘proq brend, jumladan Nokia va MTV tark etgan. Reytingning yetakchi o‘ntaligidan faqat Coca-Cola va Microsoft hamon joy olib kelmoqda.
2001 yilda birinchi Interbrand reytingi e'lon qilinganda undan joy olgan brendlarning umumiy qiymati 998 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bundan kelib chiqadiki, 21 yil davomida ushbu ko‘rsatkich 2,4 martaga oshgan.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
22:52 / 11.11.2024
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
11:28 / 10.11.2024