Jahon | 12:33 / 21.10.2020
3995
1 daqiqa o‘qiladi

Makron Putindan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishni so‘radi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: afp.com

Yelisey saroyi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Makron Putindan terrorizm va noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishni so‘ragan.

Kreml tomonidan berilgan bayonotda, Putin 16 oktabr kuni Parij yaqinidagi Konflans-Tsent-Honorin okrugida o‘qituvchi vafot etgani uchun Makronga hamdardlik bildirgani aytilgan. Ikki davlat rahbarlari terrorizmga qarshi kurashda birgalikdagi sa'y-harakatlarni kuchaytirishga kelishib olishgani bildirilgan.

Fransiya rasmiylari yuqoridagi qotillikda gumon qilinayotgan shaxs Moskvada tug‘ilgan chechen ekanligini ta'kidlashgan.

«Bu qotillikning Rossiya bilan hech qanday aloqasi yo‘q. U (o‘qituvchini o‘ldirgan qotil) Fransiya tomonidan qabul qilingan va bu mamlakatda 12 yildan beri yashab kelgan», — deyilgan Parijdagi Rossiya elchixonasi bayonotida.

Shuningdek, mamlakat rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni ham o‘zaro muhokama qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid