Jahon | 21:32 / 22.10.2020
17229
2 daqiqa o‘qiladi

Putin FXXning eng boy generalini ishdan bo‘shatdi

2018 yilda Sergey Smirnovning daromadi qariyb 84,7 million rublni tashkil etgan.

Foto: TASS

Rossiya prezidentining buyrug‘i bilan federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktorining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Sergey Smirnov lavozimidan ozod qilindi va harbiy xizmatdan bo‘shatildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib RBK xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Smirnovning ishdan bo‘shatilishiga uning 70 yoshga to‘lishi sabab bo‘lgan – bu yosh davlat xizmati uchun chegara hisoblanadi. 

 2019 yil 30 aprelda Sergey Smirnov 2018 yilda maxsus xizmat rahbariyatidagilar orasida eng ko‘p pul topib, FXXning eng boy generali bo‘lgani aytilgandi.

Daromad deklaratsiyasidagi ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda uning daromadi qariyb 84,7 million rublni tashkil etgan. Bu summaga uning yer uchastkasi sotuvidan tushgan pul ham kiritilgan.

 FXX direktori Aleksandr Bortnikov esa o‘sha davrda 11,3 million rubl daromad qilgan. Uning ixtiyorida maydoni 99 kvadrat metrli xonadon ham bor. Bortnikovning xotini  maydoni 1,2 ming kvadrat metrli yer uchastkasi, xonadon va uyga ega. Uning daromadi uch million rubldan ortiqroq bo‘lgan.

Sergey Smirnov 2003 yilda FXX direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.  

Mavzuga oid