Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dunyodagi eng katta favvora ochildi
Dubayda (BAA) dunyodagi eng katta favvora ochildi. U Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deb xabar bermoqda Reuters.
The Palm Fountain favvorasi Dubayning Palma Jumayra orolidagi qirg‘oq hududida joylashgan. Birlashgan Arab Amirliklaridagi yangi diqqatga sazovor joy 1,3 ming kvadrat metr maydonni egallab, Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta favvora sifatida kirdi. Uning ochilish marosimi butun dunyo bo‘ylab jonli efirda namoyish etildi. Favvora suvi 105 metr balandlikka qadar ko‘tariladi, inshoot 128ta kuchli nasos bilan jihozlangan.
«Bu favvora Dubayning me'moriy yutuqlaridagi yana bir muhim voqea bo‘ldi», - deya ta'kidlab o‘tdi Ginnesning rekordlar kitobi vakillari ochilish marosimida.
3000dan ziyod LED-chiroqlar bilan jihozlangan Dubaydagi yagona rangli favvora butun yil davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Bu yerda har yarim soatda, soat 19:00dan yarim tungacha 3 daqiqa davom etadigan shoular namoyish etiladi.
Palma Jumayradagi favvora ochilishidan oldin dunyodagi eng katta shunday inshoot Koreya Respublikasidagi «Oydin kamalak» edi.
Mavzuga oid
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
20:12 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda suvni 232 metr balandlikka otadigan super favvora quriladi
10:08 / 24.03.2026