The Palm Fountain favvorasi Dubayning Palma Jumayra orolidagi qirğoq hududida joylaşgan. Birlaşgan Arab Amirliklaridagi yangi diqqatga sazovor joy 1,3 ming kvadrat metr maydonni egallab, Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta favvora sifatida kirdi. Uning oçiliş marosimi butun dunyo böylab jonli efirda namoyiş etildi. Favvora suvi 105 metr balandlikka qadar kötariladi, inşoot 128ta kuçli nasos bilan jihozlangan. 

«Bu favvora Dubayning me'moriy yutuqlaridagi yana bir muhim voqea böldi», - deya ta'kidlab ötdi Ginnesning rekordlar kitobi vakillari oçiliş marosimida. 

3000dan ziyod LED-çiroqlar bilan jihozlangan Dubaydagi yagona rangli favvora butun yil davomida taşrif buyuruvçilar uçun oçiq böladi. Bu yerda har yarim soatda, soat 19:00dan yarim tungaça 3 daqiqa davom etadigan şoular namoyiş etiladi. 

Palma Jumayradagi favvora oçilişidan oldin dunyodagi eng katta şunday inşoot Koreya Respublikasidagi «Oydin kamalak» edi.